Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 2026-yil 6-7- kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bugun o‘z ishini boshladi.


Universitetning “Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi tomonidan yuksak saviyada tashkil etilmoqda.



Konferensiya doirasida oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi, zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yechimlar hamda xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.