TADBIRLAR

“BOBURNING BEBAHO MEʼROSI”



Bugun SamDVMCHBU “Faollar zali”da Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligiga bagʻishlangan “Boburning bebaho meʼrosi” nomli teatrlashtirilgan adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan universitet rektori, professor X.Yunusov Zahiriddin Muhammad Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qozonganligi, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy olganligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, kafedra oʻqituvchisi G.Bozorova shoirning hayoti va ijodiga to'xtalib, gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatning nodir durdonalari ekanligini taʼkidladi.  
Talabalar tomonidan teatrlashtirilgan tomoshalar ijro etilib, shoir gʻazallaridan oʻqildi.