JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING BO'LIMI

JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING BO'LIMI

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
 bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i

KOSIMOVA SHAXNOZA JABBORKULOVNA


 Qabul vaqti: Har kuni (9:00 -17:00)


 Telefon: (91) 555-11-91


 Elektron pochta:  sh.kosimova@mail.ru


KOSIMOVA SHAXNOZA JABBORKULOVNA q.x.f.b.f.d.(PhD) – Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Sh. Kosimova bunga qadar Oʻsimlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida ishlagan.


Bo‘lim faoliyati va vazifalari


Universitetda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlai bilan ishlash, nazorat va monitoring  bo‘limi o‘z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarorlari va buyruqlariga,   hay’at yig‘ilishi qarorlari va buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qilgan holda yuritadi.
Monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy vazifalari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
Universitetda O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’limga tegishli qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at yig‘ilishi qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek universitet  Kengash qarorlari, universitet rektori buyruqlarining bajarilishini, nazorat qilish va monitoringini olib borish.
 O‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish, mehnat va ijro intizomi hamda kadrlar tayyorlash sifatining monitoringini olib borish va nazoratini tashkil qilish.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi, universitet kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish.
Universitetning  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlai bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Yuqori organlarning qaror va buyruqlari hamda ilmiy kengashning qarorlari va Rektorning buyruqlarini ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Universitetda ta’lim standartlarini monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.
Universitetda ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi.
Oliy ta’limni boshqarish organlari (Vazirliklar, Rektor, Kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi.
Universitet bo‘limlari va fakultetlar bo‘yicha ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.
Professor-o‘qituvchilarning faoliyatini baholashda reyting usulini tadbiq etilishini nazoratini amalga oshiradi.
Universitet bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasidan tushgan fuqaro murojaatlari ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis hujjatlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari, Apparat yig‘ilishi bayonnomalari, buyruqlari va farmoyishlari, ko‘rsatmalari, viloyat va shahar hokimliklari, boshqa tashkilot va idoralardan kelgan hujjatlarning hamda fuqarolar murojaatlarini bajarilish belgilangan muddatdalarda sifatli taqdim etilishi ta’minlanadi.
Fuqarolardan tushgan ariza va shikoyat xatlarni qayd qilinishini nazorat qiladi va ularning mas’ul xodimlar tomonidan bajarilishini tekshirishni amalga oshiradi.
Takliflar, kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish bo‘yicha aniq fikrlarni institut rektoriga taqdim etadi.
Universitet monitoring va ichki nazorat bo‘limi quyidagi huquqlarga ega:
Universitetda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, ta’lim jarayoniga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, tegishli vazirliklarning hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek Universitet Kengashi qarorlari va rektorning buyruqlarini bajarilishini Universitet bo‘limlari, fakultetlari va kafedralaridan talab qilish, xulosa chiqarish.
Universitetning barcha fakultetlarida ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilishligini tekshirish.
Universitetda tashkil qilinadigan barcha turdagi Kengash va yig‘ilishlarda ishtirok etish.
Universitet faoliyatini o‘rganish bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘limlardan o‘z xizmat vazifalarini bajarishga bevosita aloqasi bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish.
Kurs loyixasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarini hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni talab darajasida ekanligini ko‘rib chiqish.
Bo‘lim xuquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda universitetning  malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda guruhlar tuzish.
Universitet jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlai bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limining mansab jadvali boshliq, uslubchi va nazoratchidan iborat. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi.
Universitet jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlai bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini universitet Kengashi ma’qullagan va rektor tasdiqlagan rejaga muvofiq amalga oshiradi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlai bilan ishlash, nazorat va monitoring faoliyatining natijalari bo‘yicha har yili hisobot tuzilib universitet Kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlangan hisobot Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga  hamda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga yil oxirida taqdim etiladi.