ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO'LIMI

ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO'LIMI

Bolim boshligi

Shernazarov Shavkat Shuxratovich Biologiya fanlari falsafa doktori, (PhD) dotsent v.b.
 

Qabul vaqti: Har kuni 09:00-16:00


Tel: (99) 595-56-42


E-mail: Shernazarov.1987@mail.ru 


Bo‘limining vazifalari

•O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga yetkazib borish;
•Professor-o‘qituvchilar va tadqiqoqtchilarning ilmiy salohiyatlarini oshirib borish bo‘yicha muntazam targ‘ivot ishlarini olib borish;
•Innovatsion ishlanmalarni joriy qilishni nazorat qilish;
•Xo‘jalik shartnomalari asosida bajarilayotgan ishlar monitoringini olib borish;
•Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning xalqaro miqyosdagi ishlarini, ularning h-indeksi va iqtibosliklarini oshirib borish manitoringini olib borish;
•Universitetda fundamental, amaliy, innovatsion va startap loyihalari tanlovlariga professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni ishtirok etishi va ularni bajarilishi monitoringini olib borish;     
•Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
•Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
•Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga joy ajratish haqida loyiha tayyorlash va vazirlikka yuborish;
•Tayanch doktorantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarni qabul qilishni tashkil qilish;
•Respublika gazetalariga tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga ajratilgan joylar haqida e’lon berish;
•Kirish imtihonlarini qabul qilish komissiyalari haqida buyruq tayyorlash;
•Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchi nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish;
•Tayanch doktarantura va doktarantura kirish imtihonlarini qabul qilishni tashkil qilish;
•Tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilarni qabul qilish bo‘yicha buyruqlar tayyorlash;
•Qabul qilingan tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilar uchun nomzodlik imtihonlari chet tillari bo‘yicha kurslar tashkil qilish;
•Tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilarning mavzusini va shaxsiy ish rejasini tasdiqlash;
•Tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilarni fan va texnologiyalar markazi tomonidan e’lon qilingan grantlar tanlovida ishtirokini ta’minlash;
•Tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilarning ilmiy anjumanini o‘tkazish va to‘plamini chop etish;
•Magistrlarni tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilish bo‘yicha zaruriy tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
•Respublika va xalqaro konferensiya, simpoziumlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilarga yetkazish;
•Attestasiya natijalari bo‘yicha universitet Ilmiy kengashida hisobot berish;
•Ilmiy-texnikaviy kengash yig‘ilishlarida tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilarga dissertatsiya ishlarining holati haqida ilmiy rahbar, kafedra mudiri va dekan axborotlarini muhokama qilish;
•Nomzodlik imtihonlarini o‘tkazish haqida buyruq tayyorlash va OAKga yuborish;
•Nomzodlik imtihonlarining sessiyasini o‘tkazish va OAKga hisobot berish;
•Tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilar bo‘yicha hisobotini tayyorlash va statistik boshqarmaga taqdim etish;
•Innovatsion yarmarkalarda tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilar ishtirokini ta’minlash;

Doktarantura bo'yicha ma'lumot

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim — doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydigan ta’lim turi;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi;
stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
stajyor-tadqiqotchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga stajyor-tadqiqotchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
doktorant — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
mustaqil izlanuvchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.