MADANIY VA MA`RIFIY TADBIRLAR

MADANIY VA MA`RIFIY TADBIRLAR

"Shoh va shoir bobomizga ehtirom'' mavzusida ma'naviy -ma'rifiy tadbir o'tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti qoshidagi  2-son talabalar joyidagi tarbiyachi pedogog Adizova Nigora tashabbuslari bilan talabalar turar joyida oʻzbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi — shoh va shoir tavalludining 540 yilligi munosabati bilan ''Shoh va shoir bobomizga ehtirom'' mavzusida ma'naviy -ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda universitet fakultet tyutorlari va 1- son talabalar turar joyidagi tarbiyachi pedogog hamda xotin -qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakultetida xotin- qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Jamoliddinova V. J .kirish so‘zi bilan ochib berib, buyuk ajdodlarimizning boy merosi,  haqida o‘z fikrlarini bildirib, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga oid qimmatli ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Z. M. Bobur 1483 yil 14 fevralda o’zining “Boburnoma” asarida mahorat bilan tasvirlagan go’zal Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’iladi. Otasi – temuriylar avlodidan bo’lgan Umarshayx Mirzo o’sha davrda Farg’ona viloyati hokimi bo'lib ishlagan. Onasi Qutlugʻ Nigorxonim esa Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi boʻlgan. Toju taxt, saltanat ishlari, jangu jadallar – bularning bari shoirning murakkab hayoti va ijodidan dalolat beradi. Tadbirning badiiy qismida universitet iqtidorli talabalari shoirning qalamiga mansub o‘zlarining yod olgan g‘azal va ruboiylarini ijro etishdi va Bobur g‘azallariga bastalangan kuy va qo‘shiqlar, mumtoz raqslar talaba yoshlar tomonidan tadbir ishtirokchilariga havola etildi.

Mirzo Bobur yoshligidan ziyrak bola bo’lib o’sdi. Kunlarning birida Umarshayx saroy ayonlari bilan o'tirgan vaqtida bir kabutar uchib kelib, ayvon peshtoqiga qo’nadi, “g’ulu-g’ulu’’ qilaverdi.
Umarshayx a’yonlaridan:
Kabutar ne deydur -deb so’raydi.
Anchadan buyon urush ko’rmay, qilichlari qonsirab qolgan a’yonlari:
Oliyhazrat, kabutar qilichlarni qindan sug’urmoq kerak, deydur deb javob berishibdi.
Tadbirning yakuniy qismida Boburning hayoti va ijodiga oid savollar viktorinasi tadbirni yanada jonli va qiziqarli bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

AXBOROT XIZMATI