ISTIQBOLDAGI REJALAR

ISTIQBOLDAGI REJALAR

SamDVMCHBU ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli rejasida ko‘satilgan vazifalarni amalga oshirishda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat Talablari” va “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”i tasdiqlandi, qarorda doktorant va mustaqil izlanuvchilarning kelajakda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishda samaradorlikni yanada oshirish, ya’ni intellektual potensialni ko‘tarish maqsadida xalqaro standart va usullarga tayangan holda Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, buyruq va yo‘riq xatlari hamda universitet Kengashi majlisi qarorlarini dastur sifatida qabul qilib, muntazam o‘rganib borish va ilmiy-tadqiqot jarayoniga tatbiq etishga asosiy e’tiborini qaratilgan.
Istiqbolli rejada ko‘rsatilganidek doktorantlar, mustaqil izlanuvchi va yosh o‘qituvchilar doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga harakat qiladilar.