ILMIY NASHRLAR

ILMIY NASHRLAR

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida OAK Rayosatining qishloq xo‘jaligi, veterinariya yo‘nalishlari bo‘yicha PhD va DSc ilmiy darajalariga talabgorlarning dissertatsiyalari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatidagi ilmiy, ilmiy-amaliy, ilmiy-ommabop, ijtimoiy-iqtisodiy jurnallardan   "Veterinariya meditsinasi", "Chorvachilik va naslchilik ishi", "Agro ilm", "O'zbekiston qishloq xo'jaligi" kabi  bir qator jurnallar bilan hamkolrik aloqalari o‘rnatilgan. Bundan tashqari "Вестник Ветеринарии и животноводства" va "Вопросы ветеринарной гистологии"  nomli elektron jurnallarimiz ham faoliyat yuritadi.  Mazkur jurnallarda universitetimiz professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, iqtidorli talaba yoshlari muntazam ravishda o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari,  maqolalarini chop ettirib kelishmoqda.