ILMIY KENGASH TO'G'RISIDA NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti (keyingi o‘rinlarda: Universitet) ning Kengashi doimiy ravishda faoliyat yurituvchi oliy kollegial organ hisoblanadi.
1.2. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom, Universitet Ustavi va ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga tayanadi.

1.3. Kengash o‘z ish faoliyatini qonuniylik, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oshkoralik, mustaqillik, masalalarni erkin muhokama qilish, kollegiallik va yakkaboshchilikning uyg‘unlashuvi, jamoa fikrini hisobga olish tamoyillari asosida amalga oshiradi.

1.4. Kengash ishini rejalashtirish, muhokamali masalalar materiallarini tayyorlash, majlislar o‘tkazish va qarorlar qabul qilish, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va ish yuritish tartibini belgilaydi.
1.5. Kengash tarkibi Universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Nizom bo‘yicha Kengash tarkibiga quyidagilar kiradi: Rektor (rais), prorektorlar (lavozimiga ko‘ra), fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tarkibiy bo‘limlar rahbarlari, jamoat tashkilotlar rahbarlari va boshqa manfaatdor idoralarning vakillari. Kengashning boshqa a’zolari fakultetlarning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Professor-o‘qituvchilartarkibidan Kengashga saylanuvchi a’zolarning soni rektorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga institutning muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlayotgan yirik olim va mutaxassislari ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil. Universitet xodimlari tarkibida o‘zgarishlar yuz berishi munosabati bilan rektor Kengash tarkibiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

II. KENGASHNING ASOSIY VAKOLATLARI VA
VAZIFALARI

2.1. Kengashning maqsadi – Universitet jamoasi say’-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa imkoniyatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning kasbiy ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat
2.2. Universitet Kengashi: Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq kasbiy ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o‘rganib chiqadi hamda ustivor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi; Filiallar, fakultetlar, kafedralar, texnikumlar, akademik litseyning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek marketing xizmatining ishlab chiqarishning bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi; ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor- o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokami qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi; Universitet rivojlanishining yillik va istiqbolli rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta’minot va moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi; fakultet va kafedra, bo‘limlarni ochish, tugatish, o‘zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘lik masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 246-sonli Qarori bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qaroriga binoan "Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq professor- o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi; o‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy masalalari, shu jumladan, talabalarni qabul qilish qoidalarini belgilash, o‘quv rejasini tuzish, talabalarni o‘qitishning amaldagi tartibini muvofiqlashtirish, yakuniy nazoratlar bo‘yicha talabalarni o‘zlashtirishi natijalari masalalari bo‘yicha qaror qabul qiladi; professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvon olishga taqdim etadi; ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda professor-o‘qituvchilarning ingliz tilini bilishlarini ta’minlash va kompyuter texnologiyalari, Internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi; ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokami qiladi; tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilari institutiga nomzodlarni tavsiya etadi, ularnig shaxsiy rejalari va dissertatsiya mavzularini tasdiqlaydi; konferensiyalarni tashkil etish, shuningdek, uning o‘tkazilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “El-yurt umidi” jamg‘armalari orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tishga tavsiya etadi; oliy ta’lim muassasasi iqtidorli talabalari va magistrlari, tayanch doktorantlari, doktorantlari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liqlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi; asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi; xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; Oliy ta’lim muassasasi talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi; Kengash tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida faxriy unvonlar beradi. Kengash kollegial muhokama qilish talab etiladigan, Universitet vakolatiga taalluqli bo‘lgan boshqa masalalarni ham muhokama etish huquqiga ega.

Tasdiqlandan pdf formatda tanishish