TALABALAR TURAR JOYLARI

      Universitetda bugungi kunda 2 ta talabalar turar joylari faoliyat koʼrsatmoqda. 1-son talabalar turar joyi 450 o'rinli, 2-son Talabalar turar joyi 400 o'rinli, jami 850 oʼringa moʼljallangan. Ushbu talabalar turar joylarida universitetda tahsil olayotgan talabalar  uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib mazkur joylar zamon talablari darajasiga keltirilgan. Talabalar turar joylarida universitet kutubxonasi filiallari tashkil qilingan boʼlib 4000 dan ortiq tegishli adabiyotlar bilan boyitilgan. Talabalar turar joylarida yashayotgan barcha talabalar mazkur kutubxonalarga aʼzo boʼlishadi. Turar joylarda talabalarning maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda madaniy dam olishlari uchun har qaysi qavatlarga muzlatgichlar, televizorlar qoʼyilgan va barcha xonalar yangi yumshoq va qattiq mebellar bilan taʼminlangan. Talabalar turar joylarni muntazam ravishda issiqlik bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish tizimi oʼrnatilgan. Talabalar uchun barcha qavatlarda dush, kir yuvish xonalari mavjud. Qavatlarda zamonaviy kir yuvish mashinalari va oshxonalarga gaz plitalar o‘rnatildi. Turar joylarda talabalarning dars tayyorlashlari soʼnggi modeldagi kompyut sinflari mavjud boʼlib WI-FI hamda internet tarmogʼiga ulangan. Talabalar turar joylarida talabalarni darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishi uchun har birida alohida “Ma’naviyat xonasi”, 5 muhim tashabbusga doir klublar va to'garaklar faoliyati yo'lga qo'yilgan.
Talabalar turar joylari ma’naviyat xonalarida universitet yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti, xotin-qizlar maslahat kengashi, fakultetlar va kafedralar tomonidan turli mavzularda tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinadi.

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish