HARAJATLAR SMETASI IJROSI

HARAJATLAR SMETASI IJROSI

Tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi, shu jumladan obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari to‘g‘risida 
MA’LUMOT

Universitetning 2023 moliyaviy yil uchun byudjet mablag‘lari yillik xarajatlar smetasi  38266566,0 ming so‘m, shu jumladan ish haqi fondi uchun 13967280,0 ming so‘m miqdorda tuzildi va tasdiqlandi. Byudjet mablag‘larini taqsimlovchisi tomonidan  №3012110 raqam bilan ro‘yxatga olindi va doimiy moliyalashtirilib borilmoqda. 2023 yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan holda joriy holatda jami xarajat 39263255,4 ming so‘mni, shu jumladan ish haqi fondi 14255275,0 ming so‘mni tashkil qilmoqda. 
Universitet faoliyati uchun zarur mablag‘lar tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq oyma-oy, belgilangan miqdorlarda va o‘z maqsadlarida xarajat qilinib borilmoqda. 
Universitetning 2023 yil uchun yillik xarajatlar smetasida ob’ektlarni  qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini bajarish hamda avtotransport vositalarini sotib olish uchun xarajatlar ko‘zda tutilmagan.
 Universitet xo‘jalik faoliyatida avtotransport vositalarini saqlab turish uchun 2023 yil yanvar-iyun oylari davomida jami 11681,2 ming so‘m xarajatlar qilindi. 
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari 2023 moliyaviy yil uchun yillik xarajatlar smetasi  56987057,0 ming so‘m, shu jumladan ish haqi fondi uchun 29820389,0 ming so‘m miqdorda tuzildi va tasdiqlandi. Budjet mablag‘larini taqsimlovchisi tomonidan  №3106023 raqam bilan ro‘yxatga olindi. 
Universitet faoliyati uchun zarur mablag‘lar tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq oyma-oy, belgilangan miqdorlarda va o‘z maqsadlarida xarajat qilinib borilmoqda. 
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha 2023 yil uchun yillik xarajatlar smetasida saqlab turish va joriy ta’mirlash uchun 977000,0 ming so‘m, asosiy vositalarni kapital ta’mirlash uchun 1040000,0 ming so‘m, asosiy vositalarni sotib olish uchun 1350000,0 ming so‘m, avtotransport vositalarini saqlab turish uchun 60000,0 ming so‘m  mablag‘lar ajratilgan.
 Universitet xo‘jalik faoliyatida 2023 yil birinchi yarim yillik davomida joriy ta’mirlash uchun 15468,0 ming so‘m, asosiy vositalarni sotib olish uchun 501941,3 ming so‘m  mablag‘lar sarflandi, avtotransport vositalarini saqlab turish va kapital ta’mirlash ishlari uchun xarajatlar amalga oshirilmadi.