TADBIRLAR

ROSSIYA FANLAR AKADEMIYASI DELEGATSIYASI UNIVERSITETIMIZDA



K.A. Temiryazov nomidagi Rossiya davlat agrar universitetitining “Xususiy zootexniya” kafedrasi q.x.f. doktori, Rossiya Fanlar Akademiyasi Akademigi Yuldashbayev Yusupjan Aritkovich va Udmurt davlat agrar universitetining “Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri, q.x.f.  doktori, professor Batanov Stepan Dmitriyevich boshchiligidagi delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov va masʼul shaxslar kutib olishdi.

Tashrif chogʻida Zootexniya talabalari bilan uchrashuv, “Rossiya Federatsiyasida qoʻychilikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida maʼruza, Zootexniya fakulteti professor-oʻqituvchilari, yosh olimlari va tadqiqotchilari bilan yaqindan suhbat, amaliy darslar, Qoraqoʻlchilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati bilan uchrashuv kabi tadbirlar koʻzda tutilgan.