TADBIRLAR

CHORVACHILIK MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI KO‘PAYTIRISH VA SIFATINI YAXSHILASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH



CHORVACHILIK MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI KO‘PAYTIRISH VA SIFATINI YAXSHILASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Anjumanning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida, qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa chorvachilik sohasida ularni saqlash, oziqlantirish, naslchilik ishi olib borish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha mavjud muammolar, yechimi, istiqboldagi vazifalar bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlar tahlil qilinadi va ishlab chiqarishga istiqboldagi vazifalari belgilab beriladi.

Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarida qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa chorvachilik sohasida ularni saqlash, naslchilik ishi yuritish, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha fanning so‘ngi yutuqlari asosida tavsiyanoma ishlab chiqiladi va ular fermerlarga, agroklasterlarga, xususiy aholidagi chorva mollarini boqadigan xo‘jaliklarga tarqatiladi. Konferensiyada qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa chorvachilik sohalari bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.

Anjuman muloqot va maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamlarni chop etishda o‘zbek, rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.

Anjuman an’anaviy (oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.

Asosiy sanalar:

Maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 26 aprelgacha;

Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;

Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 27 aprelgacha;

Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024 yil 1-may.

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,

M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy, Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi

Telefonlar: (+99893) 851-29-86; (+99890) 227-81-81

Е-mail: munira_axtamova@mail.ru

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI

Ishtirok etish tartibi:

Anjumanda ishtirok etish uchun 2024 yil 27 aprelgacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha rasmiylashtirilgan maqola, anjuman ishtirokchisi anketasini munira_axtamova@mail.ru  elektron manzilga, +99893 851-29-86 va +99890-227-81-81 raqamli telegramga jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan: A.Yuldashev - maqola-2, A.Yuldashev - anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul qilinganligi to‘g‘risida anjuman materiali yuborilgan elektron pochtaga va maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL QILINMAYDI.

Maqolalar OAK ro‘yxatiga kiritilgan “CHORVACHILIK VA NASLCHILIK IShI” jurnalida maxsus soni sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 200 000 (ikki yuz ming) so‘m. To‘lovni quyidagi plastik kartalari orqali amalga oshirish mumkin:  Uzcard 9860 1901 0923 6025 (Munira Tuychiyevna Axtamova). Maqola mualliflarimiz  tomonidan har bir maqola uchun to‘lov amalga oshirilgach kvitansiyasini tashlab berish so‘raladi.

Qabul qilingan maqola mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Anjuman Dasturi” da belgilangan vaqtda oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.

Anjuman natijalari to‘plami UO‘K, BBK, ISBN indekslari beriladigan rasmiy nashr hisoblanadi. To‘plam anjuman yakunlangandan 10 kun ichida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veb saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi. Anjuman har bir ishtirokchisiga Tashkiliy qo‘mita raisining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan elektron sertifikat beriladi.

ANJUMAN MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Dolzarbligi. Maqola yuqorida keltirilgan sho‘balarga tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan keyin berilmasligi kerak.

Ma’suliyat va javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.

Maqola hajmi - 3-5 bet bo‘lishi, mualliflar soni 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.

Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: Sahifa formati - A4 (210×297 mm); Chegaralar (yuqorigi, pastki, chap va o‘ng tomonlar) - 20 mm; Shrifti - kegl 14; tipi - Times New Roman; Qator oralig‘i - 1,5; Sahifalar raqamlanmaydi. Matn originalligi -65%.

Maqolada ketma-ketlik tartibi:

1. UO‘K. http://teacode.com/online/udc/ veb saytidan topish mumkin.

2. Mualliflarning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida transliteratsiya asosida).

3. Ilmiy darajasi va unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

4. Muallifning elektron pochtasi.

5. Maqolaning sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

6. Annotatsiya (100-150 belgi) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

7. Kalit so‘zlar (5-7 so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

8. Maqola matni.

9. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Maqola sarlavhasi, annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google translate, Yandeks perevodchik, PROMT kabi tarjimonlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.

Annotatsiya. Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va olingan natijalar.

Kalit so‘zlar: maqoladagi eng muhim bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq tavsiflovchi so‘zlar.

Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi jadval tepasida o‘rtada rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rta bo‘lishi kerak.

Adabiyotlar "Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:" nomi ostida GOST R 7.0.5-2008 ga muvofiq rasmiylashtiriladi. Matnda ro‘yxatda keltirilgan adabiyot raqami to‘rtburchak qavs ichida ko‘rsatiladi. Masalan: [2,1,4].

Chorvachilik mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va sifatini yaxshilashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining asosiy sho‘balari va ularga biriktirilgan mas’ullar

Sho‘ba nomi

Mas’ullar

1-sho‘ba

“Chorvachilik mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish va sifatini yaxshilash”

Sho‘ba raisi:

Dotsent v.b. Sh.E.Qurbonova

Ilmiy kotib: B.B.Dehqonov

 

2-sho‘ba

“Chorvachilikda innovasion texnologiyalardan foydalanish”

Sho‘ba raisi:

b.f.n., dotsent Yu.A.Ermatov

Ilmiy kotib: D.M.Ibragimov

 

ANJUMAN ISHTIROKCHISI ANKETASI

1.05.2024 yil

 

1-muallif

2-muallif

3-muallif

F.I.Sh.

 

 

 

Ilmiy unvoni va ilmiy darajasi

 

 

 

Ish joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi

 

 

 

Telefon va elektron manzili

 

 

 

Ma’ruza turi (sho‘ba yig‘ilishida)

 

 

 

Sho‘ba yo‘nalishi

 

 

 

Ma’ruza mavzusi

 

 

 

Sana:

 

 

 

Imzo:

 

 

 

Murojaat uchun telefonlar:

+998 93 851-29-86 Otabek Axatqulovich Maxmadiyarov

+998 90 227-81-81 Munira Tuychiyevna Axtamova