YANGILIKLAR

CHORVA HAYVONLARINI OZIQLANTIRISH, ASRASH VA SAQLASH SHAROITLARI O‘RGANILDI



Samaraqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Zooinjeneriya fakulteti dekanatining tashabbusi bilan fakultetning “Yaylov chorvachiligi, qorako‘lchilik, asalarichilik va ipakchilik”, “Hayvonlar genetikasi, seleksiyasi, urchitish va ko‘paytirish” hamda “Xususiy zootexniya” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan Universitetning O‘quv-tajriba xo‘jaligida urchitilayotgan barcha turdagi chorva hayvonlarini oziqlantirish, asrash va saqlash sharoitlari to‘liq o‘rganildi.

Hayvonlarning fiziologik holati, mahsuldorligi va nasldorlik xususiyatlarini yaxshilash, birlamchi zootexnik xujjatlarni shakllantirish va to‘liq yuritish bo‘yicha mutaxassislarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan o‘quv-tajriba xo‘jaligida urchitilayotgan jaydari zotiga mansub 79 bosh katta yoshdagi qo‘ylar va 20 boshdan ortiq yangi tug‘ilgan qo‘zilar asosiy va qo‘shimcha bonitirovkadan o‘tkazildi. Bonitirovka jarayonida har bir hayvon zoti, zotdorligi, kelib chiqishi, nasldorligi va mahsuldorligi bo‘yicha baholandi hamda ularga to‘liq qaytadan en solindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar rejalashtirib olindi.