YANGILIKLAR

KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son hamda 2022-yil 12-yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qarorlari ijrosi yuzasidan tizim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini o‘rganish bo‘yicha 2024-yilning 2-aprel sanasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “korrupsiyaga taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Universitet rahbar xodimlari ishtirokida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurash ichki nazorat bo‘limining boshlig‘i K.I.Kariyev va Korrupsiyaga qarshi kurash ichki nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi A.Qambarovlar rahbarligida Korrupsiyaga qarshi kurash borasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024-yil galdagi vazifalar, ishdagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘tkazilgan seminarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va navbatdagi amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Tizimda korrupsiyani oldini olish borasidagi ishlarni tashkillashtirish muhim chora-tadbirlar belgilash to‘g‘risida ma’sul xodimlarga alohida topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Seminar-treningda so‘zga chiqqan universitet rektori, professor X. Yunusov mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, bu borada universitetda olib borilayotgan masalalarga to‘xtalib o‘tdi.