YANGILIKLAR

LOLA SAFAROVA “OLIMA AYOLLAR” ILMIY LOYIHALAR TANLOVI G‘OLIBI



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmoniga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida “Olima ayollar” ilmiy loyihalar tanlovlari oʻtkazib kelinmoqda. 

“Olima ayollar” ilmiy loyihalar tanlovi navbatdagi turi natijalariga koʻra moliyalashtirishga tavsiya qilingan 68 nafar respublikaning turli hududlaridagi oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritayotgan olimalarimizni taqdirlash marosimida Universitetimizning Axborot texnologiyalar kafedrasi mudiri, dotsent Safarova Lola Ulmasovna ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilingan 78-tur “Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi g'olibi bo'ldi.