YANGILIKLAR

“IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI”



 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

 Konferensiya o‘z ishini “Yangi avlod kadrlarini tayyorlashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni”, “Tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari”, “Xorijiy tillarni o‘qitishda interfaol metodlarga ustuvorlik berishning ahamiyati”, “Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda jismoniy madaniyat va sportning ahamiyati” kabi sho‘’balar bo‘yicha olib bordi. 

 

Konferensiyani kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, professor X.Unusov mamlakatimiz rivoji uchun, uning kelejagi uchun xizmat qiladigan ma’naviy barkamol, yetuk, zamonaviy kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham o‘ziga xos o‘rni borligini ta’kidlab, bugungi xalqaro konferensiyada dunyoning turli mamlakatlaridan ijtimoiy-gumanitar hamda tillar sohalari bo‘yicha professorlar, fan doktorlari ishtirok etayotganligini, ushbu xalqaro konferensiyadan ko‘zlangan maqsad xorijiy hamkorlar bilan tajriba almashish, universitetda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-gumanitar sohada ilmiy tadqiqotlar integratsiyasini ta’minlash ekanligiga to‘xtaldi. 

Shuningdek, konferensiyada Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i A.Safarov, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi M. Abduhakimova, Moskva davlat universiteti filologiya fanlari nomzodi, dotsent Svetlana Vekovisheva, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori B.To‘rayev, universitet o‘qituvchilari R.Toshquvvatova, G.Bozorova va N.Axoqulovalar ham mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.