YANGILIKLAR

RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI YAKUNLANDI



Qo‘mita raisining buyrug‘iga asosan Qo‘mita tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ilk bor respublika fan olimpiadalari o‘tkazildi. 
 
Mazkur fan olimpiadasi veterinariya meditsinasi ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan 10 ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazildi. Respublika bosqichida  87 nafar talabalar ishtirok etib, test savollari va amaliy – laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. 
 Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida fan olimpiadasining respublika bosqichi yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 
 Unda ishtirok etgan universitet rektori, professor X.Yunusov g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarni tabriklab, o'qish va ishlarida muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tiladi. 
 
G‘oliblar 16-aprel kuni Toshkent shahrida Qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan “Yoshlar forumi”ga taklif etiladi va munosib taqdirlanadi