ILMIY DARAJALAR BERUVCHI ILMIY KENGASH

    Universitetda huzuridagi veterinariya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.06/30.12.2019.V.12.01 raqamli ilmiy kengash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan tasdiqlangan.
Ilmiy kengash o‘z ish faoliyatini “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq amalga oshiradi.
     Ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha himoyalar o‘tkazishga ruxsat berilgan: 
16.00.01-Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari bo‘yicha);
16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari bo‘yicha);
16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari bo‘yicha); 
03.00.06- Zoologiya (veterinariya fanlari bo‘yicha).
    Mazkur ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash asosida quyidagi ixtisoslik bo‘yicha bir martalik ilmiy kengash tuzishga ruxsat berilgan: 16.00.04-Veterinariya farmokologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari bo‘yicha).