Yoshlar ittifoqi

Volontyorlar o‘z faoliyatida jadal davom etmoqda



Hurmatli obunachilar yoshlar ittifoqi kengash a'zolari hamda volontyorlar, universitetimiz ma'sullari yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi B.Kenjayev hamda psixologi Orzigul Normatovna kuni kecha yolg'iz keksalar holidan xabar olishdi.

Ular yolg'iz keksalar holidan xabar olishda mahalla faollari yordamidan foydalanishdi. Ulardan manzilni olib, manzil tomon shoshishdi.

Manzilga yetgach ko'zlarida quvonch yoshlari yumalagan yolg'iz buvijon ularni kutib oldilar. Anchadan buyon deyarli hech ham buncha ko‘p inson ular xonadoniga qadam qo'ymaganini va bugungi kundan juda hursand bo'lganligini isxor qildilar. Yoshlarimiz tomonidan ularga atalgan sovg'a-salomlar topshirildi.

Volontyor va yoshlar ittifoqi kengash a'zolari hamda universitet ma'sullari u yerga borishganda buvijon kerakli inson ekanligini yanada ko‘proq his etdilar. Biroz suhbat qurib, boshqa yordam berishmoqchi ekanliklarini aytishgandi, buvijonimiz ularning shu eshik ostonasida o‘tirganliklarini, suhbat qurganliklarini katta yordam deb bildilar. Ular u xonadonni tark etisharkan bujonimiz juda ko'plab yaxshi tilaklar va duolar bilan kuzatdilar.

Bundan bilishimiz mumkin-ki insonning yaxshiligi bu sovg'a-salomlar emas, balki, e'tibor ekanligini. Shunday ekan aziz obunachilar va yurtdoshlar yaxshilik qilishdan hech ham charchamang.

Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati