Yoshlar ittifoqi

Alisher Navoiy hamda Zahriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan o'tkazilgan "Zakovat Intellektual "musoboqasi sharhi



13-fevral Universitetimizning 2-sonli talabalar turar joyida universitetimiz yoshlar ittifoqi tomonidan "Zakovat Intellektual"musoboqasi o'tkazildi. Musoboqada Universitetimizning yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchisi v.v.b.Ortiqaliyev Asliddin ,Biotexnologiya fakultet yetakchisi Nazarmatov Akromjon,Iqtisodiyot fakultet yetakchisi Ilmuratov Kamoliddin ,Zoinjeneriya fakulteti yetakchisi Pardayev Ergash ,Ittifoq kengashi a'zolari Jahonova Kamola va Quvondiqova Umida hamda 2-sonli talabalar turar joyi tarbiyachisi Adizova Nigora tomonidan o'tkazildi.

Tadbir qizg'in bahs -munozaraga boy bo'ldi.Jami 4ta jamoa o'zaro bellashdi.

Kutilmagan vaziyatlar,kutilmagan savollarga boy bo'ldi.Ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi.

Va so'nggida g'olib guruh aniqlandi.Musoboqamizda "Bilimdon "jamoasi faxriy birinchilikni egalladi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik biotexnologiyalar universiteti yoshlar ittifoqi matbuot xizmati.

 

Nodirabegim Uralboyeva