TADBIRLAR

PROFESSOR X.Z.IBRAGIMOV TAVALLUDINING 105 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN “YANGI O‘ZBEKISTONDA VETERINARIYA TERAPIYASINING YUTUQLARI VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI



Qadrli hamkasblar!
2023-yil 15-16 dekabr kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Ichki yuqumsiz kasaliklar” kafedrasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, veterinariya fanlari doktori, professor X.Z.Ibragimov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda veterinariya terapiyasining yutuqlari va istiqboldagi vazifalari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyada veterinariya diagnostikasi va terapiyasiga oid mavjud muaommolar, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi dolzarb vazifalar muhokama qilinadi.
Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz tillari.
Anjuman materiallarini tayyorlashga talablar: Materiallar 3-4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. 
Ma’ruza materiallari (maqola) quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
UDK: (yuqori chap tomonda).
Mavzu bosh harflarda. 
Muallif(lar)ning familiyasi, ism, sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda). 
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi. 
Annotatsiya (резюме) - maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 soʻz hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya oʻzbek, rus va ingliz tillarida beriladi). 
Kalit soʻzlar (6-10 soʻz). 
Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat boʻladi:
Kirish (введение). 
Material va metodlar (материалы и методы). 
Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения). 
Xulosalar (выводы). 
Foydalanilgan adabiyotlar (использо-ванная литература). 
Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek, maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltiriladigan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga e’tibor qaratilishi lozim.
Maqolalar 2023-yil 1-dekabrgacha tashkiliy qoʻmita (https://conf.ssuv.uz)ga taqdim etiladi. Google Scholarda indekslanadi. Ekspertizadan oʻtmagan, koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. 
Ilmiy ishning mazmuni va sifatiga muallif mas’ul. 
Konferensiya raisi: “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi mudiri, v.f.n., dotsent N.B.Roʻziqulov.
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun manzil: Samarqand shahar, M.Ulugʻbek koʻchasi, 77-uy, SamDVMChBU, 3-bino, 3-qavat, 372-xona.
Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Roʻziqulov Nuriddin Bolliyevich
Bakirov Baxtiyar
Xayitov Bekjon Norbek oʻgʻli 
Murojaat uchun telefonlar:
+998 (90) 224-25-41
+998 (90) 505-36-25
+998 (94) 471-27-21