TADBIRLAR

“OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI: GLOBAL VA MILLIY MUAMMOLAR” mavzusidagi XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA



XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI: GLOBAL VA MILLIY MUAMMOLAR

Anjuman  2024-yil 22-23-fevral kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Veterinariya-sanitariya ekspertizasi” kafedrasida “Оziq-ovqat xavfsizligi: global va milliy muammolar” mavzusidagi  Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.  

Anjumanga maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamni chop etishda o‘zbek, rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.

Anjuman an’anaviy (oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.

Asosiy sanalar:

Maqolalarni qabul qilish – 2024-yil 20-fevralgacha;

Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024-yil 22-23-fevral.

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Samarqand shahar, M.Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU 6-bino      4-qavat 665-xona.

Telefonlar:   +998(99)-597-28-79; +998(90)-270-93-84

E-mail: voxid_duskulov@ssuv.uz va telegram@VoxidjonDuskulov

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA

ISHTIROK ETISH TARTIBI

   Ishtirok etish tartibi:

Anjumanda ishtirok etish uchun 2024-yil 20-fevralgacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha rasmiylashtirilgan maqola, anjuman ishtirokchisi anketasini e-mail voxid_duskulov@ssuv.uz elektron manzilga yoki +998(99)-597-28-79 raqamli @VoxidjonDuskulov telegramga jo‘natishi lozim.

Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan: A.Yuldashev - maqola-2, A.Yuldashev - anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul qilinganligi to‘g‘risida anjuman materiali yuborilgan elektron pochtaga va maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL QILINMAYDI.

Maqolalar OAK ro‘yxatiga kiritilgan “VETERINARIYА MEDITSINASI” jurnalining maxsus soni sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 50 000 (Ellik ming) so‘m. To‘lovni quyidagi plastik kartalari orqali amalga oshirish mumkin:

Humo 9860 1901 0992 6716 (Utkir Rasulov).

Qabul qilingan maqola mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Anjuman Dasturi” da belgilangan vaqtda oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.

Anjuman natijalari to‘plami ISSN indekslari beriladigan rasmiy nashr hisoblanadi. To‘plam anjuman yakunlangandan 20 kun ichida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veb saytiga (https://ssuv.uz/uz) ham joylashtiriladi. Anjuman ishtirokchilariga Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan elektron sertifikat taqdim etiladi.

ANJUMAN MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Dolzarbligi. Maqola dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan keyin berilmasligi kerak.

Ma’suliyat va javobgarlik. Maqolaning mazmun mohiyatiga muallif javobgar hisoblanadi.

Maqola hajmi 5 betdan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.

Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: Sahifa formati - A4 (210×297 mm); Chegaralar (yuqorigi, pastki, chap va o‘ng tomonlar) - 20 mm; Shrifti - kegl 14; tipi - Times New Roman; Qator oralig‘i - 1,5; Sahifalar raqamlanmaydi. Matn originalligi -65%.

Maqolada ketma-ketlik tartibi:

1. Mualliflarning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida transliteratsiya asosida).

2. Ilmiy darajasi va unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

3. Muallifning elektron pochtasi.

4. Maqolaning sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

5. Annotatsiya (100-150 belgi) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

6. Kalit so‘zlar (5-7 so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

7. Maqola matni.

8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Maqola sarlavhasi, annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google translate, Yandeks perevodchik, PROMT kabi tarjimonlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.

Annotatsiya. Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va olingan natijalar.

Kalit so‘zlar: maqoladagi eng muhim bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq tavsiflovchi so‘zlar.

Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi jadval tepasida o‘rtada rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rta bo‘lishi kerak.

Adabiyotlar “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:” nomi ostida GOST R 7.0.5-2008 ga muvofiq rasmiylashtiriladi. Matnda ro‘yxatda keltirilgan adabiyot raqami to‘rtburchak qavs ichida ko‘rsatiladi. Masalan: [2,1,4].

“Оziq-ovqat xavfsizligi: global va milliy muammolar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining asosiy sho‘balari va ularga biriktirilgan mas’ullar

 

Sho‘ba nomi

Mas’ullar

1-sho‘ba

 Oziq-ovqat mahsulotlarining mahalliy va global muammolari yechimlari

Sho‘ba raisi:

Dotsent F.B.Ibragimov

Ilmiy kotib:

Z.Ilyosov

2-sho‘ba

Oziq-ovqat mahsulotlarini tekshirishning zamonaviy usullari

Sho‘ba raisi:

Dotsent U.Rasulov

Ilmiy kotib:

R.Suyunov

 

ANJUMAN ISHTIROKCHISI ANKETASI

20.02.2024 yil

 

1-muallif

2-muallif

3-muallif

F.I.Sh.

 

 

 

Ilmiy unvoni va ilmiy darajasi

 

 

 

Ish joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi

 

 

 

Telefon va elektron manzili

 

 

 

Ma’ruza mavzusi

 

 

 

Sana:

 

 

 

Imzo:

 

 

 

Murojaat uchun telefonlar:

+998(99)-597-28-79 Do‘skulov Voxidjon Muxitdinovich

 +998(90)-270-93-84   Boysinova Nasiba Boysinovna

PDF