TADBIRLAR

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi talaba-yoshlar bilan uchrashdi



 SamDVMCHBUda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari-kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori” shiori ostida talaba-yoshlarlarga yangi imkoniyatlar yaratish hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temurbek Poyonov universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov ishtirokida universitet boshlangʻich tashkilot faoliyati hamda yoshlarga yaratilgan sharoitlar, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Besh muhim tashabbus” markazi qoshida tashkil etilgan “Zakovat”, “Stol tennisi”, “Shaxmat-shashka”, “Sozanda yoshlar” kabi 20 dan ortiq toʻgarak va klublar faoliyati bilan yaqindan tanishib, bevosita ishtirokchisiga aylandi.

Toʻgaraklar faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirib, Kengash tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini bildirdi.

SamDVMCHBU Matbuot xizmi.