TADBIRLAR

YANGILANISH VA YASHARISH FASLI MUBORAK BO‘LSIN!



Assalomu alaykum! Aziz hamkasblar, talaba–yoshlar va ishchi–xodimlar! Barchangizga yangilanish va yasharish ayyomi Navro‘zi olam muborak bo‘lsin! Aynan shu faslda barchamiz o‘zimizni yasharib ketgandek, vujudimizga yangi kuch-g‘ayrat, azmu shijoat kirayotgandek his etamiz. Necha ming yillik an’ana va qadriyatlarimizni yangitdan kashf etamiz, buyuk tarix va buyuk madaniyat vorislari ekanimizni yana bir bor anglaymiz. Va bundan qalblarimiz g‘urur va iftixor tuyg‘ulariga to‘ladi. Bugun biz yurtimizda mana shunday qutlug‘ bayramni nishonlash barobarida, butun dunyoda tinchlik va xotirjamlik bo‘lishini, uzoq va yaqin barcha davlatlarning xalqlariga taraqqiyot, farovonlik hamda ravnaq tilaymiz. 

Aziz hamkasblar, talaba – yoshlar va ishchi – xodimlar! 
Barchangizni Navro‘z ayyomi bilan yana bir bor tabriklab, qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman. 
Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin! 
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz to‘kin va hayotimiz farovon bo‘lsin! 
Barcha ezgu niyat va maqsadlarimiz amalga oshsin! 

Hurmat bilan, 
Xudaynazar Yunusov, 
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor.