TADBIRLAR

Endi o‘zbekistonlik talabalar Italiyada veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishlarida ham tahsil oladi



Universitet rektori X.Yunusov Italiya-O'zbekiston savdo palatasi vitsa-prezidenti Marco bilan uchrashdi.

Muloqot chog’ida veterinariya bo‘yicha mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash, Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi va Italiya grantlarini jalb qilish orqali mamlakatimiz talabalariga ko‘proq imkoniyat yaratish masalalari muhokama qilindi.

Rektor o‘z navbatida bu kabi hamkorlik aloqalari, avvalo, talabalarning veterinariya sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirishi bilan birgalikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham muhim poydevor vazifasini o‘tashini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini tez fursatlarda yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olishdi.