TADBIRLAR

MARIYA SOL PEREZ UNIVERSITETIMIZ FAXRIY PROFESSORI



“Zakovat Arena”da tashkil etilgan “Yoshlar forumi”da so‘z olgan universitetimiz rektori, professor X. Yunusov Qo‘mita tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ga yaqin yoshlarni bir joyga to‘plab, “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilishi, yoshlarning taklif va istaklarini tinglab, motivatsion uchrashuvlar, “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilishi Qo‘mita tomonidan yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborning yuksak namoyondasi ekanligini ta’kidlab, o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 
 
Shuningdek, Forumda ishtirok etgan AQSH Minnesota universiteti huzuridagi Oziq-ovqat xavfsizligi va hayvonlar salomatligi referens markazi direktori o‘rinbosari Mariya Sol Perezga Minnesota universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Faxriy professori” unvonini topshirdi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati