TADBIRLAR

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI



“Zakovat Arena”da tashkil etilgan “Yoshlar forumi” doirasida Qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov bilan tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ga yaqin yoshlar o‘rtasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilib, yoshlarning taklif va istaklari tinglandi. Uchrashuvda universitetimiz talabasi, Prezident stipendiyasi sohibi Kamola Toshpo‘latova Qo‘mita raisiga veterinariya va chorvachilik sohasida muzey tashkil etish taklifini bildirdi. Qo‘mita raisi albatta bu yo‘nalishda muzey tashkil etilishini, universitetimiz rektori, professor X.Yunusov esa javobga qo‘shimcha tarzda bu borada universitetimizda allaqachon amaliy ishlar olib borilayotganligi, yangi binoda aynan shu sohaga oid muzey tashkil etilishini bildirdi. 

Shuningdek, universitet talabasi Kemal Tokdemir  dekarativ va egzotik hayvon turlarini ko‘paytirish taklifini bildirib, ijobiy javob oldi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati