TADBIRLAR

MINNESOTA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI UNIVERSITETIMIZDA



Xabaringiz bor, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Minnesota universiteti bilan universitetimiz hamkorligida “Twinning dasturi” loyihasi ishlab chiqilgan. 


 
Bugun universitet rektori, professor X.Yunusov boshchiligidagi mas’ul shaxslar Minnesota universiteti qoshidagi Hayvonlar salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligi markazi direktor o‘rinbosari S.Perez, markaz vakili M.Katerin, universitet professorlari T. Molitor va V.Ustinyuk, Qo‘mitaning Fan va ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i A.Safarov hamrohligidagi delegatsiyani kutib olishdi. 
 Tashrif dasturiga asosan delegatsiya a’zolari universitet professor-uqituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etib, "Twinning" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazishadi.