TADBIRLAR

“MEN BILAN ISH BOSHLAGAN SIZDEK INSONLAR BORLIGIDAN MINNATDORMAN!”



Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor Xudaynazar Yunusov Minnesota universiteti qoshidagi Hayvonlar salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligi markazi direktor o‘rinbosari S.Perez, markaz vakili O.Katerin, Yu. Valeriya, universitet professorlari T. Molitor va W.Whitneyni qabul qilib, xalqaro hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 
 
Universitet rektori Minnesota universiteti bilan hamkorlik doirasida o‘quv va ilmiy tajribalar almashinayotganligi uchun rahmat aytib, “Men bilan ish boshlagan Sizdek insonlar borligidan minnatdorman!” dedi.

O‘z navbatida mehmonlar ham endi bir jamoa ekanligini ta’kidlab, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyorligini bildirdi.