TADBIRLAR

Rektor Birlikdagi yoshlarni birlashtirdi



Prezidentimizning 2024-yil 21-fevral kuni “O’zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmoyishi ijrosini na'minlash maqsadida joriy yilda o‘tkazilgan xatlov natijasiga ko‘ra “Yoshlar balansi”ga kiritilgan Samarqand shahar “Birlik” mahallasida yashovchi yoshlar bilan universitet rektori, professor X.Yunusovning uchrashuvi bo‘ldi.

Uchrashuvda Rektor universitet faoliyati haqida to‘xtalib, yoshlarning turmush tarzi, qiziqishlari va kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. O’z navbatida yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini hal etish va ko‘maklashish borasida chora-tadbirlar belgilandi.

Yakunda yoshlardan Ya. Gogolevaga tikuv mashinasi tuhva qilindi. Shuningdek, Sh. Ibragimov va A. Sultonovning qiziqishidan kelib chiqib test sinovlariga tayyorgarlik uchun bepul kurslar tashkil qilish haqida kelishildi.